Yangilik manbai — Telegram, ishonch esa hamon televideniyeda
Oʻzbekistonda medиаistemol boʻyicha ilk milliy tadqiqot natijalari eʼlon qilindi. Unga koʻra, aholi yangiliklarni asosan Telegram kanallaridan oladi, ammo eng koʻp ishonchni hamon televideniye bilan bogʻlaydi.
Tadqiqotni Milliy ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Yevropa Ittifoqi moliyaviy koʻmagida tayyorladi. Dala ishlari 8–19 sentabr kunlari 14 ta hududda 1411 nafar fuqaro bilan uyda yuzma-yuz shaklda oʻtkazilgan.
Respondentlarning 51,6 foizi yangiliklarning asosiy manbasi sifatida Telegram kanallarini koʻrsatgan. Undan keyin televideniye (44,6%) va ijtimoiy tarmoqlar (41,6%) turadi, radio, davlat organlari saytlari va bosma gazetalar esa ancha orqada.
Ishonch boʻyicha manzara boshqacha: 44,3 foiz respondent eng koʻp ishonchni televideniyega bildirgan. Yoshlar va keksalar orasidagi farq katta — 18–24 yoshdagilarning 23,1 foizi, 55 yoshdan kattalarning 70,6 foizi televideniyega ishonadi.
Telegram kanallariga ishonch esa aksincha: yoshlarning 17,1 foizi, katta yoshdagilarning atigi 5,4 foizi ularga ishonishini aytgan.
Manba: Gazeta.uz