6-noyabr kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir kutilmoqda
Oʻzgidromet prognozlariga koʻra, 6-noyabr, juma kuni Oʻzbekistonning ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 17–28, kechasi 5–15 daraja atrofida boʻladi.
Toshkent shahrida ob-havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, harorat kechasi 10–12, kunduzi 24–26 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yogʻin kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda esa qorga aylanadi. Ayrim joylarda tuman tushishi, sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Noyabr oyi uchun prognozga koʻra, oylik oʻrtacha harorat meʼyor atrofida boʻladi, ayrim joylarda esa meʼyordan 1–1,5 daraja yuqori boʻlishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida harorat foni pasayadi.
Manba: Daryo