Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi: bir kishi jarohatlandi
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning bir xonadonida havo-gaz aralashmasi chaqnagan, natijada bir kishi jarohat olgan.
5-noyabr kuni shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 10:00 da ko‘p qavatli uyning bir xonadonida yuz bergan chaqnash haqida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan. Chaqnash oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalari qisman zararlangan.
Bir fuqaro tan jarohati olib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnashning sababi va yetkazilgan zarar ko‘lami hozircha aniqlanmoqda.
Manba: Daryo