“Komo” Yevrokubokda 55 yillik rekordni takrorladi
Italiyaning “Komo” klubi Chempionlar ligasining to‘rtinchi bosqichida Fransiyaning “Lans” klubini safarda 9:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu bilan jamoa “Feyenoord”ning Yevrokubokdagi tarixiy rekordini takrorladi.
Opta statistika portalining ma’lumotiga ko‘ra, “Komo” 1971-yildan beri safarda to‘qqizta gol urgan ikkinchi jamoa bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 1971-yil sentabrida “Feyenoord” Kipрning “Olimpiakos” klubiga qarshi o‘yinda to‘qqizta gol urib, shu paytgacha rekord natijani qayd etgan edi.
Shuningdek, ilgari “Lans” o‘z maydonida bitta o‘yinda to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan “kuchli beshlik” chempionati vakillari ichida birinchi klub bo‘lgani ham xabar qilingan edi.
Manba: Daryo