Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Namanganda sobiq xotinini pichoqlagan erkakka 10 yil berildi

Namangan viloyatining Pop tumanida sobiq xotinini bogʻcha yotoqxonasida pichoqlagan 32 yoshli erkakka sud 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ma’lumotlarga koʻra, voqea 2026-yil 16-aprelda tumandagi davlat bogʻchalaridan birida sodir boʻlgan. Ayblanuvchi ajrashgan xotini ishlaydigan joyga kelib, unga yana birga yashashni taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.

Ayol qochishga uringanida erkak uni bolalar yotoqxonasida ushlab, pichoq bilan qorniga uch marta sanchgan. Hamkasblari tez yordam chaqirgan, shifokorlar ayolning hayotini saqlab qolgan.

Pop tumani sudi ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Jabrlanuvchi sudda sogʻligʻi yaxshilanganini va ayblanuvchiga nisbatan daʼvosi yoʻqligini bildirgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid