Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Milliy jamoaning noyabr o‘yinlari: Rossiya va Saudiya bilan

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi noyabrdagi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuvlarning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.

12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida jamoa Rossiya terma jamoasini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

17-noyabr kuni terma jamoa safarda Qatarning Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida Saudiya Arabistoni bilan uchrashadi. Start Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da beriladi.

Ushbu o‘yinlar Osiyo kubogi oldidan jamoa uchun so‘nggi tayyorgarlik bo‘lishi kerak edi. Biroq OFK qarori bilan yanvar–fevral oylariga rejalashtirilgan turnir deyarli bir yilga, 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargacha bo‘lgan muddatga ko‘chirildi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid