Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Tramp: AQŞ Isroilga yordamni 2026-yil oxirida toʻxtatadi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Isroilga moliyaviy yordamni 2026-yil oxirigacha toʻxtatish niyatini bildirdi. Uning aytishicha, Isroilga Amerika yordami endi kerak emas.

Trampning soʻzlariga koʻra, Isroil qurol-yaroqni mustaqil ravishda sotib olishi mumkin. Tramp bu masalani bir necha yil davomida Binyamin Netanyahu bilan muhokama qilganini ham ta'kidladi.

Amaldagi kelishuv 2028-yilgacha Isroilga har yili taxminan 3,8 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi. May oyida Netanyahu bu yordamdan bosqichma-bosqich voz kechish tarafdori ekanini bildirgan edi.

Costs of War loyihasi tadqiqotiga koʻra, 2025-yil oktabr holatiga AQŞ ikki yil ichida Isroilga harbiy yordam uchun 21,7 milliard dollar sarflagan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid