Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 19:52 1 marta oʻqildi

Lukashenko: Ukrainadagi urush bir necha oy ichida tugashini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugashi haqidagi shaxsiy fikrini bildirdi. U urushda ishtirok etayotgan tomonlarda kuch va resurslar qolmaganini ta'kidladi.

Lukashenko bu fikrini 3-noyabr kuni Minskda oʻtgan Yevrosiyo xavfsizligi boʻyicha 4-xalqaro konferensiyada bayon etdi. U urush tugashining aniq muddatlari yoki shartlarini aytmadi va qaysi tomonni nazarda tutayotganini ham koʻrsatmadi.

Belarus rahbarining taʼkidlashicha, Minsk Ukrainadagi harbiy mojaroni tushunishda ayrim oʻziga xos jihatlarga ega boʻlsa-da, doimo Rossiya bilan umumiy yoʻlda qoladi. Shuningdek, u Rossiya, Belarus va Ukraina xalqlari bir kun kelib baribir birga boʻlishiga ishonishini bildirdi.

Shu bilan birga, xabarlarga koʻra, 2-noyabr kuni Rossiya kuchlari Zaporoje viloyatining Kamishuvaxa qishlogʻidagi maktabga aviabomba tashlagan. Bu binoda gumanitar yordam tarqatilayotgan edi. Hujum natijasida 29 kishi halok boʻlgan, yana 48 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Halok boʻlganlar va yaralanganlar orasida tinch aholidan tashqari politsiya xodimlari va qutqaruvchilar ham bor.

Manba: Daryo

Mavzuga oid