Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Ekstremizm tushunchasi kengaytirildi, jazolar kuchaytirildi

Bir qator qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan ekstremizm tushunchasi kengaytirildi va jazo choralari kuchaytirildi. Endi ekstremistik va taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish uchun jarima solinishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin. Ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining atributlari esa musodara qilinadi. Jarima fuqarolar uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun 100 baravaridan 150 baravarigacha belgilangan.

Shuningdek, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” iborasi “ekstremizm” so‘zi bilan almashtirildi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid