Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori boʻlgan davlat — Gretsiya

Eurostat maʼlumotlariga koʻra, Yevropada daromadining 40 foizidan koʻprogʻini uy-joyga sarflaydigan aholi ulushi mamlakatlar boʻyicha keskin farqlanadi. Eng katta yuk Gretsiyada, eng kichigi Kiprda qayd etilgan.

2025 yilda Yevropa Ittifoqida aholining oʻrtacha 7,7 foizi daromadining 40 foizidan ortigʻini uy-joy xarajatlariga sarflagan. Gretsiyada bu koʻrsatkich 26,4 foizga yetgan, Daniyada esa 14,7 foiz.

Kiprda esa bu koʻrsatkich eng past — 2,4 foiz. Germaniya 11,2 foiz bilan Yevropa Ittifoqining yirik davlatlari orasida yuqori oʻrinlardan birini egallagan.

Eurostat maʼlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2026 yilning ikkinchi choragigacha Yevropa Ittifoqida uy-joy narxlari oʻrtacha 69 foizga oshgan. Ayrim davlatlarda narxlar ikki baravardan ham koʻproq koʻtarilgan, ijara va energiya xarajatlari ham oʻsishda davom etmoqda.

Yevropa Ittifoqida bunday moliyaviy yukni boshidan kechirayotganlar soni 34 milliondan oshadi. Shu jihatdan Germaniya 9,4 million kishi bilan birinchi oʻrinda turadi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid