Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 17:34 1 marta oʻqildi

Akkreditatsiya yig'imi 4 barobar kamayishi mumkin

Adliya vazirligi ma'lum qildi: ta'lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish uchun bazaviy yig'imni 4 barobar kamaytirish imkoniyati yaratildi.

Vazirlik tomonidan ta'lim tashkilotlarini komплекс va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish yig'imlari miqdori hamda ularni hisoblash tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish kiritilgan. Tegishli hujjat davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Yangi tartibga ko'ra, ta'lim tashkilotining murojaati asosida quyidagi shartlardan biri mavjud bo'lsa, bazaviy yig'im 4 barobar kamayishi mumkin: Prezident, Prezident Administratsiyasi rahbari yoki Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish zarur bo'lganda; dasturlarning kamida 50 foizi tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholangan bo'lsa; masofaviy shaklda yoki bir vaqtning o'zida 10 yoki undan ortiq ta'lim dasturi uchun murojaat qilinganda. Shuningdek, o'xshash dasturlarda umumiy infratuzilmani qayta baholash talab etilmasa ham yig'im kamaytirilishi mumkin.

Tegishli idoraviy hujjat 2026 yil 31 oktyabrda 3739-1-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid