Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 13:27 1 marta oʻqildi

Kara-Jantak aholisiga 295 ta uy-joyga davlat dalolatnomalari berildi

Qirgʻizistonning Batken viloyatidagi Kara-Jantak qishlogʻi aholisiga 295 ta turar joy uchun davlat dalolatnomalari topshirildi. Qishloq chegara delimitatsiyasi natijasida Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga oʻtgan.

Chegara delimitatsiyasi va demarkatsiyasi natijalariga koʻra Qirgʻizistonga oʻtgan qishloq aholisi uchun turar joylar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi va dalolatnomalar tayyorlandi. Ma'lumot Kabar.kg nashri tomonidan Batken viloyatidagi prezident muxtor vakili matbuot xizmatiga tayanib berilgan.

Ilgari qishloq aholisiga Qirgʻiziston fuqaroligini tasdiqlovchi pasportlar ham topshirilgan. Kara-Jantakda jami 1,2 ming yaqin kishi istiqomat qiladi.

Qishloqda infratuzilmani rivojlantirish davom etmoqda: aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun uzunligi 14 km boʻlgan, qiymati 38 mln somlik suv quvuri qurilishi boshlangan. Sugʻorish suvi bilan taʼminlash loyihasi (316 mln so‘m) amalga oshirish bosqichida, shuningdek maktab va bolalar bogʻchasi qurilishi ishlari olib borilmoqda.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid