Jeep SEMA-2026da Wrangler Scrambler SRT konseptini namoyish etdi
Jeep Las-Vegasda boʻlib oʻtgan SEMA-2026 koʻrgazmasida Wrangler Scrambler SRT pikap konseptini taqdim etdi. Model zamonaviy Wrangler asosida yaratilgan, ammo 1981–1986-yillarda ishlab chiqarilgan klassik CJ-8 Scrambler’dan ilhomlangan.
Kuzov jiddiy qayta ishlangan: uzunroq ostonalar, bortli orqa qism va himoya qoplamasi bilan ishlangan yuk maydoni paydo boʻlgan. Kuchaytirilgan xavfsizlik karkasi va oʻziga xos gʻildirak arkalari kengaytirgichlari oʻrnatilgan, tom va eshiklar esa yechib olinadigan qilib ishlangan.
Old qismi Easter Jeep Safari maxsus versiyasi uslubida bezatilgan: dumaloq faralar kvadrat qoplama ichiga joylashtirilgan. Salonda yon tayanchli rivojlangan oʻrindiqlar bor, orqa qator esa anjomlar uchun joy boʻshatish maqsadida 180 darajaga burilishi yoki butunlay yechilishi mumkin. Bezakda toʻq grafit rangli charm va sariq rangli qoʻshimchalar ishlatilgan.
Asosiy texnik yangilik — old koʻprikdan voz kechilib, mustaqil osma tizimga oʻtilgani. Bu noyob konstruksiya amerikalik avtopoygachi Keysi Karri ishtirokida ishlab chiqilgan.
Manba: Kun.uz