Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Rafinya dubl urdi: CHL tarixida “Barselona” bombardirlari orasida 3-o‘rinda

“Barselona” forvardi Rafinya Chempionlar Ligasidagi “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda ikki marta gol urdi (3:0). Shu bilan u klub tarixida mazkur musobaqadagi eng yaxshi bombardirlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa chiqdi.

Braziliyalik 29 yoshli futbolchining “Barselona” tarkibidagi Chempionlar Ligasi golari soni endi 23 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Robert Levandovski bilan teng bo‘lib, Ronaldu (22) va Neymardan (21) oldinda.

Ro‘yxatda Rafinyadan yuqorida faqat Luis Suares (25 gol) va musobaqaning mutlaq rekordchisi Lionel Messi (120 gol) turibdi.

Shuningdek, Rafinya klub tarixida umumiy gollar bo‘yicha Ronaldinyo bilan teng bo‘ldi: ikkalasining “Barselona”dagi hisobi 94 tadan. Rafinya bu natijaga 190 ta o‘yinda erishgan, Ronaldinyoga esa 207 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid