Braziliyada futbol o‘yinida 53 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
Braziliyaning Minas-Jerays shtatidagi ikkinchi divizion chempionatida o‘yin paytida 53 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu futbol tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Minas-Jerays shtati ikkinchi divizion chempionatining yarim finalida “Uberlandiya” va “Mamore” jamoalari uchrashdi. Bo‘yin 54-daqiqada “Mamore” futbolchisi Davi gol urgandan so‘ng mojaro boshlandi: u raqib o‘yinchilarini provokatsion ishoralar bilan ranjitdi va haqorat qildi, natijada keng ko‘lamli janjal yuz berdi.
Hakam Fernando Patrik vaziyatdan so‘ng “Mamore”dan 21 nafar, “Uberlandiya”dan 22 nafar futbolchini maydondan chetlatdi. Shuningdek, ikki jamoaning 8 nafar murabbiyi va 2 nafar menejeri ham qizil kartochka oldi, jami 53 kishi jazolandi.
Hakam o‘yinni “Mamore” foydasiga 3:1 hisobida to‘xtatishga qaror qildi va bahs davom ettirilmasligini hisobot varag‘ida qayd etdi. “Uberlandiya” menejeri hakamga nisbatan tahdid qilinganini bildirib, politsiyaga ariza bergan. Bu natija oldingi rekord — 2011-yilda Argentina beshinchi divizionidagi o‘yinda qayd etilgan 36 ta qizil kartochkadan ancha oshib ketdi.
Manba: Daryo