Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Hongkonglik faol Joshua Vong yana o'n yilga qamaldi

Hongkong sudi demokratiya harakati faoli Joshua Vongni xorijiy kuchlar bilan til biriktirishda ayblab, unga yana o'n yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Hukm 5-noyabr kuni e'lon qilindi.

Vong 2019-yilgi norozilik namoyishlarining eng taniqli ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. 2024-yilda u «davlat hokimiyatiga putur yetkazish» ayblovi bilan 4 yil 8 oyga hukm qilingan va shu paytgacha qariyb olti yilni qamoqda o'tkazgan.

Jazosini o'tayotgan paytda unga nisbatan yangi jinoyat ishi ochilgan. 2026-yil sentabr oyida Vong ayblovni tan olgan.

London universitetining SOAS tarkibidagi Xitoy instituti direktori Stiv Sang AFP agentligiga bergan izohida bu hukm Pekinning Hongkongni qattiq nazorat qilayotganini va bu yerda erkin muhitga qaytish imkoniyati qoldirilmayotganini ko'rsatish istagini aks ettirishini aytgan.

Eslatib o'tamiz, 2019–2020-yillarda Hongkongda Pekin ta'sirini kuchaytirishga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tgan. 2020-yil iyun oyi oxirida esa Butunxitoy xalq vakillari kengashi Hongkong milliy xavfsizligi to'g'risidagi qonunni qabul qilgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid