Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

«Chinor» metro bekatida 60 kishilik 4 ta lift ishga tushirildi

Toshkent metropoliteni «Chinor» bekatida bir vaqtning oʻzida 60 tagacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladigan 4 ta lift ishga tushirildi. Kelgusida bu tajriba boshqa yer usti bekatlarida ham qoʻllanadi.

Yangi oʻrnatilgan liftlar zamonaviy qurilmalar boʻlib, ularning har biri katta sigʻimga ega. Ular aloqa vositalari va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan.

Metropoliten matbuot xizmati xabar berishicha, «Chinor»dagi tajriba asosida boshqa yer usti metro bekatlarida ham shunday liftlar bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid