Braziliyada tornado aeroport binolarining tomini uchirdi
Braziliyaning Santa Katarina shtatida kuchli tornado Shapeko aeroportiga jiddiy zarar yetkazdi. Aeroport faoliyati noma'lum muddatga to'xtatildi.
CNN xabariga ko'ra, bo'ron angarlar va asosiy terminal joylashgan binolarning tomlari bir qismini uchirib ketgan. Ma'muriyat mutaxassislar infratuzilmani to'liq tekshirayotganini, aeroport faoliyatini imkon qadar tez tiklash rejalashtirilganini ma'lum qildi.
Yo'lovchilarga aeroportga bormaslik va reyslar haqida aviakompaniyalar bilan bevosita bog'lanish tavsiya etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan videolar tarqalmoqda.
Noqulay ob-havo tufayli butun shtat o'ta yuqori xavf hududi deb e'lon qilingan. Shtat hukumati 4 va 5 noyabr kunlari barcha davlat maktablarida darslarni bekor qildi, aholi esa xavfsizlik uchun uyda qolishga chaqirildi.
Boshqa munitsipalitetlarda ham zarar qayd etilgan. Rio-du-Sul shahrida o't o'chiruvchilar maktabda qolib ketgan 30 kishini, jumladan, bolalar va kattalarni qutqargan. Pousu Redondu muniципалитетида bo'ron 13 ta uyning tomini uchirib yuborgan, jabrlanganlarga vaqtincha yopish uchun brezent tarqatilmoqda.
Manba: Daryo