Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Saudiya Arabistonida 1 kilometrlik Jeddah Tower qurilmoqda

Saudiya Arabistonida balandligi kamida 1 kilometr boʻlishi rejalashtirilgan Jeddah Tower osmoʻpar binosi qurilmoqda. Qurilish yakunlansa, u Burj Xalifani ortda qoldirib, dunyodagi eng baland bino boʻlishi kutilmoqda.

Bino kelajakdagi Jeddah Economic City majmuasining markaziy inshooti sifatida loyihalashtirilgan. Shu sababli u alohida bino boʻlish bilan birga, yangi shahar hududini rivojlantirish loyihasining asosiy qismi hisoblanadi.

Hozirda BAA, Xitoy va Braziliyada ham balandligi 500 metrdan oshadigan minoralar qurilmoqda. Masalan, Dubayda qurilayotgan Burj Azizi 725 metrlik loyihaviy balandlikka ega.

Ma’lumotlarga koʻra, Jeddah Towerda taxminan 167 ta qavat koʻzda tutilgan. Biroq binolarning yakuniy balandligi, qurilish muddati va reytingdagi oʻrni ishlar davomida oʻzgarishi mumkin.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid