Shaharsozlik ruxsatlariga aralashganlar jarimaga tortiladi
Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartibiga qonunga xilof ravishda aralashganlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. Qonun 2 noyabrda imzolangan va 2027-yil 5-fevraldan kuchga kiradi.
Prezident imzolagan qonun bilan Maʼmuriy va Jinoyat kodekslariga tegishli moddalar kiritildi. Unga koʻra, ER ajratish, loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilish jarayonlarida vakolatli organ va xulosa beruvchilarga yuklangan vazifalarni bajarishga mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish, bosim qilish yoki toʻsqinlik qilish man etiladi.
Birinchi marta sodir etilgan holatda 44 mln dan 66 mln soʻmgacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq qoʻllanadi. Maʼmuriy jazodan keyin takroran sodir etilsa, jarima 132 mln soʻmgacha yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonun yongʻin xavfsizligi talablarini buzish uchun ham javobgarlik belgiladi. Masalan, suyultirilgan uglevodorod gazini avtomobilga gaz quyish shoxobchalari tomonidan maishiy ballonlarda berish 1,32 mln dan 2,2 mln soʻmgacha jarimaga sabab boʻladi.
Manba: Daryo