Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Ekstremistik tashkilot va materiallar elektron reyestri yuritiladi

Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallar (manbalar) elektron reyestrini yuritadi. Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, reyestr hamma uchun ochiq boʻladi.

Reyestrga ekstremistik faoliyat bilan bogʻliq holda faoliyati toʻxtatib turilgan tashkilotlar hamda bir yil ichida kamida ikki marta ekstremistik materiallarni tizimli ravishda joylashtirgan va tarqatgan elektron manbalar kiritiladi. Reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat organlari tomonidan Bosh prokuraturaga taqdim etiladi. Unga ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.

Bosh prokuratura hujjatlarning asosliligini tekshiradi va roziligi boʻlgan taqdirda, ariza Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oliy sudga kiritiladi. Oliy sud qaror qabul qilishni qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid