OʻzFA Kannavaro ketishi haqidagi xabarni rad etdi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa murabbiyi Fabio Kannavaro lavozimini tark etishi haqidagi xabarlarni asossiz deb topdi. Bu xabarlar Osiyo kubogi-2027 muddati oʻzgartirilgani sababli xorijiy manbalarda tarqalgan edi.
Insayder Fabrizio Romano tarqatgan ma'lumotga koʻra, Osiyo kubogi bir yilga surilgani sababli Kannavaro jamoa boshqaruvini tark etishi mumkin edi. OʻzFA bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
Federatsiya tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslik va rasmiy xabarlarga tayanishga chaqirdi.
Maʼlumot uchun, OʻzFA Fabio Kannavaro bilan 2025-yil kuzida 2+3 sxemasida shartnoma tuzgan. Unga koʻra, Osiyo kubogidagi natijaga qarab, kelishuv yana uch yilga uzaytirilishi nazarda tutilgan.
Manba: Kun.uz