Turkiya Yevro-2032ni Italiyasiz ham o‘tkazishga tayyor
Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti mamlakat Yevropa chempionatini mustaqil o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu Italiya mezbonlik huquqidan mahrum etilishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Ibrohimhoʻjiy Osmanoʻgʻlining aytishicha, Italiyada moliyaviy va siyosiy muammolar mavjud, Turkiyada esa infratuzilma bo‘yicha muammo yo‘q. U Italiya mezbonlik huquqini yo‘qotsa, musobaqani Turkiya yakka o‘zi tashkil etishi mumkinligini aytdi.
Osmanoʻgʻlining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa futbol assotsiatsiyasi (UEFA) Italiyani jiddiy ogohlantirgan. Italiya stadionlarni qurish va ta’mirlash loyihalarini yakunlasa, talablarga javob bera oladi. Final o‘yini bo‘lib o‘tadigan Olimpiya stadioni 90 ming tomoshabinni sig‘dira olishi, Ankaradagi stadion esa qurilishi tugallanishi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya va Turkiya 2023-yilda 2032-yilgi chempionatni birgalikda o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. 2025-yil mayida UEFA prezidenti Aleksandar Ceferin Italiya futbol infratuzilmasini yirik davlatlar orasida eng yomonlaridan biri deb atagan, 2026-yil aprelida esa Italiyani mezbonlikdan mahrum etish ehtimoli haqida ogohlantirgan.
Manba: Daryo