Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Samarqandda umraga va’da berib pul talab qilgan rahbar ushlandi

Samarqand shahrida fuqarolarni umraga yuborish evaziga 3 ming dollar talab qilgan turistik firma rahbari ushlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 oktyabr kuni firma rahbari umra tadbirlarini tashkil etish uchun zarur litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, fuqarolarni ziyoratga yuborishni va’da qilgan. Buning uchun u 3 ming dollar so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbiri davomida firma rahbari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ilgari Andijon va Farg‘onada ham fuqarolarni umraga yuborishni va’da qilgan shaxslar aniqlangan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid