«Real» AEKni 3:2 hisobida yengib, ikkinchi bor kambek qildi
«Real» Chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turida Gretsiyada AEKni 3:2 hisobida magʻlub etdi. Madrid klubi oʻyinda ikki marta orqada qolib, gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Birinchi golni 12-daqiqada Koyta urib, AEKni yetakchilikka olib chiqdi. 32-daqiqada Jud Bellingem hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada Pilios mezbonlarni yana oldinga oʻtkazdi.
78-daqiqada Mbappe muvozanatni tikladi, qoʻshimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida (90+2) esa Valverde gʻolib golni urdi.
Bu «Real»ning mavsumdagi ikkinchi kambeki boʻldi. Jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichida toʻrt oʻyinda toʻrt gʻalabaga erishdi, Mbappe esa har bir oʻyinda gol urib kelmoqda.
Manba: Kun.uz