Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Diyora Keldiyorova Zagrebdagi grand-pri turnirida ishtirok etadi

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻladigan grand-pri turnirida ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy saytida xabar qilindi.

Bu sportchi uchun ketma-ket uchinchi turnir boʻladi. Oldinroq u Qozogʻistonning Aqtau shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha musobaqa Keldiyorova uchun 2024-yilgi Parij Olimpiadasidan keyingi ilk turnir edi.

Qozogʻistondagi bellashuvlarda u mahalliy sportchilar Nurayliym Sarsenbek va Gulxan Shingisxanni magʻlub etgan, finalda esa ozarbayjonlik Farida Mirzayevani muddatidan oldin taslim qilgan.

Abu-Dabidagi “Katta dubulgʻa” (Grand Slam) turnirida esa dzyudochi medal qoʻlga kirita olmagan.

Eslatib oʻtamiz, Diyora Keldiyorova 2024-yilgi Parij Olimpiadasida 52 kg vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan. Shu bilan u Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻlgan ilk ayol sportchiga aylangan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid