Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Xomanaiy: AQSH siyosatida o‘zgarish kutish jiddiy xato

Eron oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy AQSHdagi oraliq saylovlardan keyin Vashingtonning Eronga nisbatan dushmanligi saqlanib qolishini ta’kidladi. U amerikaliklarga yon berish orqali tinchlikka erishib bo‘lmasligini bildirdi.

Xomanaiy 4-noyabrda veb-saytida e’lon qilgan bayonotida partiyaviy yoki fraksiyaviy o‘zgarishlar bilan AQSh gegemon tizimi o‘zgaradi, deb umid qilganlar jiddiy adashayotganini aytdi. Bayonot 3-noyabrdagi saylovlarda Donald Tramp partiyasi mag‘lubiyatga uchraganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi, bu saylovlarda demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan edi.

Xomanaiy shuningdek, AQSHga yon berish orqali uni Eron xalqiga dushmanlikdan qaytarib bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu fikrlar AQSH va Isroil rahbarlari Eronga qarshi yangi hujumlarga shama qilayotgan, diplomatik sa’y-harakatlar esa urushning qayta alangalanishining oldini olishga qaratilgan paytda yangradi.

Xomanaiy agar bunday tajovuzlar takrorlansa, urush ko‘lami ancha kengayishini ogohlantirdi. Eronning AQSH bilan muzokaralardagi bosh vakili Muhammad Bog‘ir G‘olibof ham amerikaliklar urushga qarshi ovoz bergani haqida fikr bildirgan edi. Xomanaiy martda hokimiyatga kelganidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan va faqat yozma murojaatlar orqali muloqot qilmoqda.

Manba: Daryo

Mavzuga oid