Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Bugun, 04:16 1 marta oʻqildi

Qirgʻizistondagi zilzila Fargʻona vodiysida sezildi

4-noyabr kuni Fargʻona vodiysi viloyatlarida 2 dan 3 ballgacha kuchga ega zilzila sezildi. Uning markazi Qirgʻizistonning Oʻsh hududida joylashgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 02:34 da sodir bo‘lgan silkinish vodiydagi viloyatlarda his etildi. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 5,2, chuqurligi esa 10 km bo‘lgan.

Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharq yo‘nalishida 373 km ni tashkil etadi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid