MonoVisions 2026: tabiat va yovvoyi hayvonlar toifasi gʻoliblari
Oq-qora fotografiyaga bagʻishlangan MonoVisions Photography Awards 2026 tanlovining natijalari eʼlon qilindi. Tabiat va yovvoyi hayvonlar toifasida gʻoliblar AQSH, Buyuk Britaniya, Kolumbiya va Norvegiya fotografları orasidan aniqlandi.
Birinchi oʻrinni AQSH vakili Vey Lyanning «Bexato zarba» surati egalladi. Unda katta kok qarqaraning forel baligʻini ushlash lahzasi aks etgan. Ikkinchi oʻrin AQSH fotografi Liven Taoga, uchinchi oʻrin esa Kolumbiyalik Kamilo Diasga nasib etdi. Taoning suratida Antarktidadagi imperator pingvinlari koloniyasidan bir pingvin boshini egib turgani tasvirlangan, Diasning kadrida esa sardinalar orasida oziqlanayotgan bukri kit koʻrinadi.
Hakamlar «Faxriy eʼtirof» bilan bir qator ishlarni ham taqdirladi. Ular orasida britaniyalik Jeki Gordonning Shpitsbergendagi kuchli shamol ostida olingan oq qutb tulkisi surati, shuningdek, amerikalik Remuna Bekaning Avstraliya qirgʻoqlaridagi dengiz arslonini aks ettirgan suratlari bor. Norvegiyalik Aleksander Myuklebustning Ugandadagi suv ichayotgan fil surati ham alohida qayd etildi.
Seriyalar toifasida britaniyalik Jeyms Lyuinning Sharqiy Afrikadagi maasay xalqi va hayvonlarga bagʻishlangan «Bizni birlashtirgan zamin» turkumi gʻolib deb topildi. Muallif har bir tasvirni ikkita alohida kadrni birlashtirish orqali yaratganini ochiq koʻrsatgan.
Manba: Kun.uz