Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 22:47 1 marta oʻqildi

China Eastern Airlines sobiq rahbari pora uchun 14 yilga qamaldi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi boshqaruvining sobiq raisi 67,5 million yuandan ortiq pora olgani uchun 14 yillik ozodlikdan mahrum etildi.

Shenyan shahridagi birinchi instansiya sudi hukmida, shuningdek, sudlanuvchiga 4 million yuan (taxminan 600 ming dollar) miqdorida jarima tayinlandi. Noqonuniy yo‘l bilan olingan mablaʻlar va ularga hisoblangan foizlar musodara qilinib, davlat hisobiga o‘tkazildi.

Sud aniqlashicha, u 2002–2023-yillarda China Eastern Airlines va China Southern Airlines aviakompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan davrida tashkilotlar va jismoniy shaxslarga biznes yuritish, shartnomalar tuzish hamda aviaqatnovlarni boshqarishda yordam bergan. Buning evaziga u jami 67,5 million yuandan ortiq pora olgan.

Hukm chiqarishda sud uning hibsga olinganidan keyin jinoyatlarini tan olgani, tergovga oldin noma’lum bo‘lgan holatlar haqida ma’lumot bergani, aybiga iqror bo‘lgani va qilmishidan pushaymonligini bildirgani, shuningdek, noqonuniy olingan mablaʻlarni qaytargani e’tiborga olindi. Ushbu holatlar jazoni yengillashtirishga asos bo‘ldi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid