Tramp reytingi AQShdagi ayol saylovchilar orasida keskin pasaymoqda
AQShda prezident Tramp reytingi ayol saylovchilar orasida keskin tushgan. Sorovnomalarga koʻra, 2024-yilda unga ovoz bergan har toʻrtinchi amerikalik ayol hozir uning siyosatidan norozi.
Reuters/Ipsos sorovnomasiga koʻra, demokratlar ayol saylovchilar orasida respublikachilardan 18 foiz ustun. 2024-yilgi prezident saylovida bu farq atigi 8 foiz edi. Bunday katta farq soʻnggi marta 2018-yilda, Trampning birinchi muddatida kuzatilgan, oʻsha yili demokratlar oraliq saylovlarda Vakillar palatasi ustidan nazoratni qaytarib olgan edi.
Bellwether Research maʼlumotlariga koʻra, amerikalik ayollarning deyarli uchdan ikki qismi Tramp joriy etgan boj va tariflarga qarshi. Oq uyning sharqiy qismida rejalashtirilgan katta bal zali qurilishini ham ayollarning 68 foizi maʼqullamaydi.
Oq tanli ayollarning 47 foizi hozir respublikachilardan koʻra demokratlarni afzal koʻrmoqda. Shu bilan birga, sotsiologlar sorovnomalar aniqligiga shubha bilan qaramoqda: ikki yil oldin NBC sorovnomasi Trampning ayollar orasidagi ortda qolishini 16 foiz deb koʻrsatgan, saylov kunida esa farq 8 foiz boʻlgan.
Sotsiolog Frenk Luntz Trampning ayni shu sorovnomalarga ishonmaydigan tarafdorlarini qamrab olish qiyin boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi. Kongressga oraliq saylovlar 2026-yil 3-noyabrda boʻladi, shu bilan birga Senat ustidan nazorat ham xavf ostida.
Manba: Daryo