Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Markaziy bank stavkani 2 foizga pasaytirish imkoniyatini baholamoqda

Markaziy bank asosiy stavkani taxminan 2 foiz bandga pasaytirish imkoniyatini koʻrmoqda. Bu haqda MB raisi oʻrinbosari Nodirbek Achilov 4-noyabrda matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Achilovning soʻzlariga koʻra, hozirgi real foiz stavkasi taxminan 7 foizni, neytral darajasi esa 5 foizni tashkil etadi. Shu asosda regulyator stavkani kamaytirish uchun imkoniyat borligini hisoblamoqda, biroq inflyatsiyaning yanada sekinlashishini kutmoqda.

4-noyabr kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foizda qoldirdi. Yigʻilishda 13,5 foizgacha pasaytirish varianti ham koʻrib chiqilgan, ammo boshqaruv aʼzolarining koʻpchiligi stavkani oʻzgartirmaslikni qoʻllab-quvvatlagan.

2026-yil sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizga yetib, avgustga nisbatan biroz tezlashgan. Asosiy sabablar mevа-sabzavot narxining mavsumiy oshishi, yoqilgʻi va ayrim xizmatlarning qimmatlashishi boʻlgan, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizda qolgan.

Markaziyning bazaviy stsenariysiga koʻra, 2027-yil ikkinchi yarmida umumiy inflyatsiya 5 foizlik maqsadli darajaga yaqinlashishi kutilmoqda. Achilov ilgari, inflyatsiya barqaror sekinlashib, aholi va biznes kutilmalari pasaysa, 2027–2029-yillarda stavka bir xonali darajagacha tushishi mumkinligini aytgan edi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid