Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Shifoxonalarda xizmatlar xususiy sektorga autsorsingga beriladi

Prezidentning 2026-yil 4-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan davlat shifoxonalari tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida sotib oladigan bo‘ladi.

Autsorsing shartnomalari xizmat turi va autsorser kiritadigan investitsiya hajmidan kelib chiqib, odatda 5 yilgacha muddatga tuziladi. Investitsiyani qoplash muddati hisobga olinganda, Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi asosida istisno tariqasida shartnoma 10 yilgacha tuzilishi mumkin.

Yangi tartib kuchga kirguniga qadar muddati tugaydigan loyihalarga 2027-yil oxirigacha faoliyatni davom ettirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, tizimni rivojlantirish uzoq va qisqa muddatli master-rejalar asosida davlat va xususiy sektor ishtirokida amalga oshiriladi.

Xususiy sektorni jalb etishda hududdagi tibbiy xizmatlarga ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tashkilotlarning mavjud quvvatlari hisobga olinadi. Davlat kafolatlagan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur muassasalar davlat mulkida qoladi.

Ayrim tibbiyot muassasalarining samaradorligini oshirish maqsadida ularga professional boshqaruvchilar jalb qilinadi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid